O‘zbekiston Qozog‘istondan pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchiga aylandi
Iyun oyida Qozog‘istondan 104 milliard tengelik 263 mingdan ortiq tranzaksiya amalga oshirildi. Valutalarda o‘tkazmalarning asosiy ulushi dollarda (52,8 foiz), rublda – 23,5 foiz va tengeda amalga oshirilgan – 23,5 foiz.
LS nashri Milliy bank ma’lumotlariga tayanib xabar qilishicha, pulning katta qismi Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tkazilgan. Shu tariqa, iyun oyida O‘zbekistonga 36,2 milliard tengedan ortiq mablag‘ jo‘natilgan.
Undan keyingi o‘rinlarda Rossiya – 22,5 milliard tenge, Turkiya – 20,7 milliard tenge, Gruziya – 7,8 milliard tenge, Qirg‘iziston – 4,8 milliard tenge va Xitoy turadi – 3,3 milliard tenge. Eng kam mablag‘ Armanistonga – 1,6 milliard tenge va Ukrainaga jo‘natilgan – 859,8 million tengega.
Shu bilan birga, iyun oyida Qozog‘istonga xorijdan qariyb 92 milliard tengelik 176,3 ming tranzaksiya amalga oshirildi. Bu yerda pul asosan Rossiyadan – 66,8 milliard tenge, Qirg‘iziston – 6,5 milliard tenge, O‘zbekiston – 3,9 milliard tenge va AQShdan tushgan – 3,4 milliard tenge. Eng kam mablag‘ Belarusdan – 592,7 million tenge va Gruziyadan o‘tkazilgan – 499,2 million tenge.
Ayni paytda, Qozog‘iston hududining o‘zida 14 milliard tengelik 18,1 ming tranzaksiya amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
18:39 / 15.02.2024
Qozog‘iston O‘zbekistondan tarixiy meros buyumlarini qaytaradi
18:33 / 14.02.2024