O‘zbekiston | 07:32 / 09.08.2022
10733
2 daqiqa o‘qiladi

Moliyaviy nazorat inspeksiyasi vazifalari belgilandi

Foto: Shutterstock

Vazirlar Mahkamasining “Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Davlat moliyaviy nazorati departamenti negizida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va hududiy boshqarmalari tashkil etildi.

  • Hujjat bilan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
  • inspeksiya maqomi, vazifalari va funksiyalari hamda huquqlari va javobgarligi;
  • budjet normativlariga rioya etilishini ta’minlash, budjet tashkilotlari bilan birgalikda tizimli ravishda profilaktika ishlarini olib borish tartibi;
  • masofaviy nazoratni faol qo‘llash va axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali faoliyat samaradorligini oshirish usullari;
  • davlat xaridlarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
  • tizimda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklar oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish, ularni aniqlash, tahlil qilish va yuzaga keltiruvchi omillarini bartaraf etish;
  • inspeksiya faoliyatiga oid ma’lumotlar va nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan hisobotlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish.

Inspeksiyani ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U jamg‘arma mablag‘lari hisobini yuritish va mablag‘lardan foydalanish maqsadlari, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan inspeksiya va hududiy boshqarmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

Mavzuga oid