Jahon | 19:47 / 10.08.2022
7161
1 daqiqa o‘qiladi

Google hammuassisi 127 mln dollarlik aksiyalarini xayriya fondlariga berdi

Brin Google’ning 739 mln dona aksiyasiga egalik qiladi. Sergey Brinning boyligi 96,6 mlrd dollarga teng.

Foto: Forbes

Alphabet (Google egasi) hammuassisi va yirik aksiyadori Sergey Brin kompaniyaning 127 mln dollarlik 1 mln 700 ming dona aksiyasidan voz kechdi.

Forbes manbasining so‘zlariga ko‘ra, milliarder o‘z aksiyalarini Sergey Brin Family Foundation va Michael J. Fox Foundation xayriya fondlariga taqdim etgan.

Brin Google’ning 739 mln dona aksiyasiga egalik qiladi. Brin o‘z fondiga yiliga bir-ikki marta mablag‘ o‘tkazadi. Maykl J. Foks fondi Parkinson kasalligiga qarshi dori topish bilan shug‘ullanadi. Brinning onasi mazkur xastalikka chalingan.

Forbes Real-Time ma’lumotlariga ko‘ra, Sergey Brinning boyligi 96,6 mlrd dollarga teng va uning 90 foizini Alphabet kompaniyasidagi ulushi tashkil etadi. Brin 2019 yilda Google prezidentligini tark etgan.

Mavzuga oid