O‘zbekiston | 09:29 / 11.08.2022
3296
2 daqiqa o‘qiladi

«Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Hukumat qarori bilan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

“Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qo‘lga kiritgan fuqarolar taqdirlanadi. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin. 

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga har yili 1 maygacha taqdim etadi. 

Nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun 5 kishidan iborat komissiya tuziladi. Komissiya xulosasi asosida qo‘mita raisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 1 iyunga qadar chiqariladi. 

Ko‘krak nishoni har yili 5 iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni arafasida qo‘mita raisi tomonidan tantanali tarzda topshiriladi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga 1,2 mln so‘m miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Mavzuga oid