O‘zbekiston | 07:35 / 13.08.2022
3377
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni qariyb 26 millionga yetdi

So‘nggi 3 yilda mobil aloqa abonentlari soni qariyb 3 millionga oshgan.

Foto: Kun.uz

Mamlakatda oxirgi uch yil davomida mobil aloqa abonentlari (jismoniy shaxslar) soni o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 iyul holatida abonentlar soni 25,8 millionga yetdi. 

2020 yil 1 iyul holatiga, abonentlar soni 22,8 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 24,8 million nafarga yetgani qayd etilgan.

Mavzuga oid