Jizzaxda xolasi tomonidan kaltaklangan 3 yoshli qizcha vafot etdi
Ayblanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya ishlash uchun ketgan ayolning 3 yoshli qizi o‘z opasi tomonidan kaltaklangani, oqibatda qizcha vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, fojia Jizzax viloyati Paxtakor tumanida 13 avgust kuni sodir bo‘lgan.
Paxtakor tumaning Toshkent mahallasida yashovchi fuqaro D.Yu. tegishli hujjatlarsiz 2020 yilda o‘z qaramog‘iga topshirilgan qarindoshi A.Q ning farzandi Sh.Q ga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada 2019 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Sh.Q o‘ziga kelmasdan, 13 avgust kuni shifoxonada vafot etgan.
Ayni vaqtda D.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi tegishli qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud ajrimiga ko‘ra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
«Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, tergovning borishi ustidan viloyat prokurori tomonidan alohida nazorat o‘rnatilgan», - deyiladi Bosh prokuratura tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024