Kaliforniya 2035 yildan ichki yonish dvigatelli yangi avtomobillarni taqiqlaydi
Kaliforniya benzin va dizel yonilg‘isi bilan ishlaydigan avtomobillardan bosqichma-bosqich voz kechmoqda. Aholisi eng ko‘p bo‘lgan shtat hukumati bu qadamni parnik gazlar chiqarilishini kamaytirish bilan izohlamoqda.
Kaliforniya avtomobildan chiquvchi tutunga jiddiy e’tibor qaratmoqda, shtat 2035 yilga borib yangi benzin yoki dizel dvigatelli avtomobillarni sotishni to‘xtatadi. Kaliforniya Atmosfera resurslari kengashi (CARB) 25 avgust, payshanba kuni tegishli qarorni qabul qildi.
Idora boshlig‘i Liana Rendolfning so‘zlariga ko‘ra, Kaliforniya milliy va global miqyosda «ambitsiyali, ammo erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni» o‘z zimmasiga oldi. 2020 yilda aholi soni eng ko‘p bo‘lgan shtat gubernatori Gevin Nyusom parnik gazlar chiqarilishini kamaytirish bo‘yicha islohotni boshladi, unga ko‘ra benzin va dizelli avtomobillar Kaliforniya ko‘chalarida asta-sekin yo‘qolishi kerak. 2026 yilga borib elektromobillar va gibridlar yangi avtomobillar sotuvining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini va 2030 yilga borib 65 foizdan ortig‘ini tashkil qilishi kutilmoqda.
Kaliforniya AQShda yangi avtomobillar uchun eng yirik bozor bo‘lib, elektromobillar allaqachon uning katta qismini egallagan. Ammo shu bilan birga, Amerikaning bu shtati havo ifloslanishi va doimiy o‘rmon yong‘inlaridan ayniqsa qattiq zarar ko‘rmoqda. Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, shtatdagi parnik gazlarining 50 foizdan ortig‘i transportdan chiqadi. Islohot bunday tashlamalar hajmini 35 foizga qisqartirishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
12:54 / 23.12.2024
Toza havo va salomatlik uchun – Kaliforniya shtati 2035 yildan faqat elektromobillar sotuviga ruxsat beradi
11:25 / 23.12.2024
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
15:01 / 17.12.2024