O‘zbekiston | 15:00 / 26.08.2022
69808
2 daqiqa o‘qiladi

Quyi Chirchiqda kaltaklangan ayol ertasi kuni eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi 

Quyi Chirchiq tumanida eri tomonidan rashk sabab xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida kaltaklangan ayol ertasi kuni pichoqlab o‘ldirildi. 

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 2022 yil 24 avgust kuni Quyi Chirchiq tumani Paxtakor mahallasida yashovchi 31 yoshli erkak S.X. oilaviy kelishmovchiliklar va rashk tufayli 24 yoshli turmush o‘rtog‘i M.X. bilan janjallashib, bolalarni ko‘z oldida turmush o‘rtog‘ini urib, haqorat qilgan.

Bu holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan.

2022 yil 25 avgust kuni S.X. qaynotasini uyiga eshikdan oshib tushib, oilaviy muammolar tufayli otasini uyida yashab kelgan turmush o‘rtog‘i M.X.ning yotoqxonasiga kirib, bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Olgan tan jarohati oqibatida, ayol vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Quyi Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid