Koreya kemasozlik tashkiloti o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga olmoqchi
Janubiy Koreya kemasozlik tashkilotlari Ye-7 ishchi vizasi asosida o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarni ishga yollashga qiziqish bildirmoqda.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi vakillari DHMC Co Ltd kemasozlik tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqot chog‘ida E-7 vizasi asosida o‘zbekistonlik ishchilarni ushbu tashkilotga ishga jalb qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda Migratsiya agentligining Koreyadagi vakolatxonasi hamda DHMC Co Ltd kemasozlik tashkiloti o‘rtasida o‘zbekistonlik mutaxassislarni E-7 vizasi asosida ushbu tashkilotga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi.
Kelgusida mazkur tashkilotning ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqqan holda, xorijiy ishchi kuchiga bo‘lgan talabi va tashkiliy masalalar bo‘yicha ish olib borishga kelishildi.
Tashkilot rahbariyati hozirda zavodda faoliyat yuritib kelayotgan o‘zbekistonlik migrantlar ko‘nikmalarini yuqori baholashi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
08:10 / 30.11.2024
Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi
11:10 / 10.10.2024
Fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
14:20 / 07.10.2024