Oltin va misdan budjetga foyda solig‘i keskin kamaydi
Davlat budjetiga foyda solig‘i tushumining 9,5 trln so‘mi yoki 51 foizi oltin va mis qazib chiqaruvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular uchun soliq stavkasining pasaytirilishi tufayli tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga kamaygan. Moliya vazirining aytishicha, bu yo‘qotilgan foyda solig‘i budjetga dividend ko‘rinishida undirilmoqda.
Senatning 32-yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov davlat budjetining ijrosi yuzasidan hisobot berdi.
Unga ko‘ra, 2022 yilning birinchi yarmida davlat budjeti daromadlari 93 trln so‘mni tashkil qilgan, bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 trln so‘mga ko‘p.
“Hisobot davrida QQSning 8,3 trln so‘mi yoki kelib tushgan mablag‘larning 24 foizi soliq to‘lovchilarga qaytarib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizga ko‘p”, – dedi vazir.
Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, yilning birinchi yarmida foyda solig‘i tushumlari 18,6 trln so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yil darajasida saqlanib qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, foyda solig‘i tushumi o‘smaganining asosiy sababi – oltin va mis qazib oluvchi korxonalar uchun oshirilgan soliq stavkasining pasaytirilganidir.
“Jumladan, soliq tushumining 9,5 trln so‘mi yoki 51 foizi oltin va mis qazib chiqaruvchilar hissasiga to‘g‘ri kelgan holda, aynan shu foyda solig‘i tushumlari satri bo‘yicha ulardan tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 trln so‘m yoki 26 foizga kamaygan. Lekin oltin va mis qazib oluvchi korxonalar bo‘yicha yo‘qotilgan mazkur foyda solig‘i davlat budjetiga dividend ko‘rinishida undirilmoqda”, – dedi vazir.
Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida boshqa tashkilotlarning iqtisodiy faolligi oshib, foyda solig‘ida 58 foiz o‘sish kuzatilgan. Bu korxonalarning YaIMdagi ulushi o‘tgan yili 1,7 foiz bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi yarmida 2,4 foizga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022 yildan Yer qa’ridan foydalanganlik uchun (oltindan tortib gazgacha) soliq stavkalari keskin pasaytirilgandi. Kun.uz bu soliq yengilligidan kimlar foyda ko‘rishiga oid maqola e’lon qilgandi.
Mavzuga oid
11:06 / 23.12.2024
Tuman va shaharlar kesimida YaTTga qat’iy soliq stavkalari miqdori belgilanishi mumkin
20:10 / 14.12.2024
Energetiklarning ob-havo bahonasi, elektr toki defitsitining tugashi va MBda yangi rais - hafta dayjesti
11:36 / 12.12.2024
Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin
17:52 / 11.12.2024