Prezident ziyorat turizmi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizning ziyorat turizmi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarurligini ta’kidladi.
Moliya vazirligiga Buxoroda ziyorat turizmi obektlari infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetga 40 milliard so‘m ajratish topshirildi.
Turizm vazirligi oldiga ziyorat turizmi salohiyati yuqori Indoneziya, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va arab davlatlaridan Samarqand, Buxoro va Toshkentga aviareyslarni ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Mutasaddilarga mamlakatimizdagi 1 ming 200 dan ziyod ziyoratgohlar imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, yiliga kamida 1 million sayyoh jalb qilish dasturini tasdiqlashga ko‘rsatma berildi.
Ziyoratga kelayotgan turistlarning mazhabi, tariqati, yondashuvi har xilligini inobatga olib, qaysi din yoki mazhab vakillariga qanday ovqatlar taklif qilishni, mehmonxona va ibodat joylarini qanday jihozlashni ilmiy yondashuvlarsiz qilib bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Muqaddas joylar, avliyo va pirlar haqida ma’lumot bera oladigan mutaxassislar va gidlar ham kamligi aytildi.
Shu munosabat bilan Islom akademiyasi, "Ipak yo‘li" universitetiga ziyorat turizmi oqimi ko‘p bo‘lgan davlatlar uchun ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024