O‘zbekiston | 11:41 / 22.09.2022
8023
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olmasi asosan Qozog‘istonga sotilyapti

O‘zbekiston qiymati 7 mln AQSh dollarlik olma eksport qilgan.

2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna olma eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, olma eksporti 2021 yil mos davri bilan solishtirilganda 9,1 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchi o‘rinni egallab turibdi – 12,6 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Rossiya – 3,9 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 1,3 ming tonna;
  • Turkmaniston – 163 tonna.

Mavzuga oid