O‘zbekiston | 11:48 / 23.09.2022
20127
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ham «Mir» to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilyapti

23 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi. Banklar veb-saytlarida Uzcard-«Mir» kobeyjing kartasi haqidagi bo‘limlar olib tashlangan.

Foto: plusworld.ru

Yagona umumrespublika protsessing markazi (Uzcard)ning ma’lum qilishicha, 23 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatish texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda «Mir» kobeyj kartasini quyidagi banklar muomalaga kiritgan edi.

  • Aloqabank
  • Mikrokreditbank
  • Milliybank
  • Turonbank
  • Xalq banki
  • Qishlok qurilish bank

Bugungi kunda Turonbank, Mikrokreditbank va Xalq banki saytlaridan Mir kartalar bo‘limi olib tashlangan.

Rossiyaliklar (relokantlar) O‘zbekistonda ham «Mir» to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatilmayotganini aytishmoqda.

Avvalroq, Yagona Respublika protsessing markazi ma’muriyati Uzcard O‘zbekistonda Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilishda davom etishini ma’lum qilgandi. Bu esa e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Uzcard banklarning biznes siyosatiga aralashishga haqqi yo‘qligi, u shunchaki protsessing markaziligi va O‘zbekistonda «Mir» to‘lov kartalarini joriy etgan banklar nomidan gapirishi mantiqsizligi aytilgandi.

Hozirga qadar Turkiya, Qozog‘iston, Armaniston va Vetnamning bir qator banklari AQSh va YeIning ikkilamchi sanksiyalariga tushish xavfi ortidan Rossiyaning «Mir» kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.  

Mavzuga oid