O‘zbekiston | 07:29 / 04.10.2022
8930
2 daqiqa o‘qiladi

Qizilqum qo‘riqxonasidagi kamera obektiviga O‘rta Osiyo qunduzi muhrlandi 

O‘zbekistonda hayvonlarning yana bir noyob turi tasvirga olindi.

Videodan kadr

O‘rta Osiyo qunduzi yo‘q bo‘lib ketayotgan, Qizil ro‘yxatga va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan sutemizuvchi hayvon turi hisoblanadi. 

Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Qizilqum davlat qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan qo‘riqxona hududida bir necha bor uchratilgan bo‘lsa ham tasvirga olishning imkoni bo‘lmagan.

Qo‘mita tomonidan taqdim etilgan fotoqopqonlar orqali qunduz tasvirga olindi hamda qo‘riqxonaning hayvonot dunyosi yana bir turga boyigani aniq ma’lumot sifatida kiritildi.

O‘rta Osiyo qunduzi o‘tgan asr o‘rtalarigacha Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo va uning quyilishida keng tarqalgan. So‘nggi yarim asrda areali keskin qisqargan, ushbu tur faqat Hisor-Oloy tog‘i daryosidagina qayd etilgan. G‘arbiy Tyan-Shanda borligi haqida ma’lumotlar yo‘q. 

O‘rta Osiyo qunduzi toshqin tog‘ daryolari, shuningdek, tekislik daryolari va qayir ko‘llarida hayot kechiradi. Baliqqa boy chuchuk suv havzalari yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi.

Mavzuga oid