Lukashenko Putinga traktor sovg‘a qildi, Rahmon esa qovun-tarvuz piramidasini
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning 70 yilligiga traktor sovg‘a qildi.
U Belarus 1523.3 rusumli, seyalkali traktorni olish imkonini beruvchi sertifikatni Rossiya prezidentiga topshirdi va u bilan g‘alla ekish mumkinligini, shuningdek, hosilni Polsha prezidenti Anjyey Duda va bosh vaziri Mateush Moravetskiga yuborishini aytdi.
«G‘alla ekamiz va yana boshqa narsalarni. Hosil olib, och qolmasliklari, Ukrainadagi g‘allani o‘marmasliklari uchun Dudaga yoki Moravetskiga, Yevropaga yuboramiz», deb izohladi Lukashenko o‘z sovg‘asini.
Xabar berilishicha, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Vladimir Putinga qovun va tarvuz, shuningdek, boshqa mevalardan yasalgan kompozitsiyalarni sovg‘a qilgan.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024