Yevropa ittifoqi Ukraina harbiylarini tayyorlash bo‘yicha missiya tuzyapti
Yevropa ittifoqi davlatlari Ukraina askarlarini tayyorlash uchun Yevropa ittifoqi harbiy missiyasini (EU Military Assistance Mission (EUMAM) yaratishga kelishib oldilar. Bu boradagi rasmiy qaror Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining Lyuksemburgda 17 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida qabul qilinadi.
Germaniya va Polshada kamida ikkita yirik missiyalarni tayyorlash markazlarini yaratish rejalashtirilgan. Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextning Bryusselda ma’lum qilishicha, «Germaniya bu ishga muhim hissa qo‘shadi».
Diplomatik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, missiyaning dastlabki qadamlaridan biri 15 ming ukrainalik askarni tayyorlash bo‘ladi. Hozirda Yevropa ittifoqi davlatlari Ukrainaga ikki tomonlama asosda yordam bermoqda. Xususan, Bundesver Ukraina harbiylarini havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va artilleriya qurilmalaridan foydalanishga o‘rgatyapti.
Avgust oyida YeI darajasida missiya yaratishni Yevropa ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel taklif qilgan edi. U Yevropa tinchlik fondi (EFF) hisobidan moliyalashtiriladi.
Yaqin kelajakda Ukraina oldindan rejalashtirilganidan tashqari qo‘shimcha MARS II yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari (YaO‘RT) va Panzerhaubitze 2000 o‘ziyurar artilleriya moslamalarini oladi.
Germaniya Mudofaa vazirligining Twitter'da xabar berishicha, «yaqin bir necha hafta ichida yanada ko‘proq PzH 2000 va MARS II Ukrainaga topshiriladi».
«G‘ayrioddiy vaqtdagi «Ramshteyn formati»da uchrashuv: Rossiyaning raketa zarbalari va qisman safarbarlik, psevdoreferendumlar, Ukrainaning qarshi hujumi. Biz hozirgi yordamimizni muvofiqlashtirmoqdamiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024