Kelesda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Keles shaharchasida uylardan biri yonayotgani haqida xabar va holat aks etgan video tarqalgandi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 19 oktabr kuni soat 23:10 da Toshkent tumani, «Xiyobon» MFY, Oydin ko‘chasida ikkita bir biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yong‘in soat 23:53 da qurshab olingan va soat 00:45 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘indan birinchi xonadonda 180 kvadrat metr, ikkinchi xonadonda 100 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024