O‘zbekiston | 10:37 / 24.10.2022
31931
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Cobalt yonib ketdi

Shahrixon tumanida Spark va Cobalt bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi.

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 23 oktabr kuni uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, 23 oktyabr kuni soat 17:30 larda Andijon viloyati Shahrixon tumani «Qo‘rg‘oncha» MFY hududidan o‘tgan, A-373 Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 402-kilometrida Spark va Cobalt rusumli avtomobillar bir-biri bilan to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, boshqa bir Cobalt rusumli avtomobilga borib urilgan.

Natijada kelib urilgan Cobalt’ning dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lib, avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan Cobalt yo‘lovchisi tan jarohatlari bilan tuman ShTTYoBga yuborilgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Mavzuga oid