O‘zbekiston | 09:41 / 29.10.2022
8447
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston sementni asosan Tojikistondan sotib olyapti

O‘zbekistonga 9 oyda 1,7 mln tonna sement import qilingan.

Foto: Getty Images

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 71,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,7 mln tonna sement import qilingan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 416,4 ming tonnaga kamaygan. 

2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar orasida Tojikiston yetakchi bo‘lib turibdi – 736,3 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qirg‘iziston – 509,4 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 464 ming tonna;
  • Eron – 13 ming tonna;
  • Turkmaniston – 11,6 ming tonna;
  • Xitoy – 1,4 ming tonna;
  • Rossiya – 1,0 ming tonna.

Mavzuga oid