O‘zbekiston | 17:00 / 08.11.2022
9608
6 daqiqa o‘qiladi

«O‘zagrosug‘urta» xalqaro sug‘urta bozoridagi faoliyatini kengaytirmoqda

Foto: O‘zagrosug‘urta

Joriy yildagi «Baden-baden qayta sug‘urtalovchilar» yig‘ilishida dunyoning yirik qayta sug‘urta kompaniyalari va qayta sug‘urta brokerlaridan 2 850 nafardan ortiq vakillar qatnashdi. Germaniyaning Baden shahrida har yili tashkil etiladigan mazkur yig‘ilish 1995 yildan beri o‘tkazilib kelinadi.

Mazkur nufuzli yig‘ilishda «O‘zagrosug‘urta» AJ vakillari tomonidan bir qator xalqaro hamkorlar bilan Jamiyat faoliyatining istiqboldagi rivoji uchun muhim strategik muzokara va uchrashuvlar o‘tkazilib, kelishuv shartnomalari imzolandi.

Jumladan, jahonning qayta sug‘urta bozorida uchinchi o‘rinda turadigan Germaniyaning “Hannover Re”  qayta sug‘urtalash kompaniyasi bilan obligator hajmni optimallashtirish, qaltisliklarni sug‘urtalashda va tenderlarda qatnashish jarayonida kotirovkalarni nisbatan tez va minimal darajada olish masalalarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, dunyoning eng yirik qayta sug‘urta kompaniyalaridan biri “Swiss Re”  (Shveytsariya) kompaniyasi vakili Jamiyat bilan almashinuv dasturi orqali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

AQShning “AON”  kompaniyasi (global sug‘urta bo‘yicha maslahatchi bo‘lib, dunyoning eng yirik sug‘urta brokeri hisoblanadi. Bugungi kunda 120 mamlakatda vakolatxonalari mavjud) vakillari O‘zbekiston sug‘urta bozori jadal rivojlanayotganini alohida e’tirof etib, fakultativ shartnomalar asosida qaltisliklarni dunyoning eng yuqori reytingli qayta sug‘urta kompaniyalarida joylashtirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Sug‘urta va qayta sug‘urtalash bo‘yicha mustaqil broker “Ko‘ln & Reeker” tashkiloti qayta sug‘urtalovchilar, risk menejyerlarga keng ko‘lamli maslahat va xizmatlarni taklif etadi. Mazkur broker bilan energetika va mol-mulk sug‘urtasida avtomatik ko‘rib chiqish hamda javobgarlik hajmidan ortiqcha qog‘ozbozliksiz foydalanish, sug‘urta hodisasi ro‘y berganda, qisqa muddatlarda sug‘urta to‘lovini ko‘rib chiqish va tashkillashtirish kelishuv shartnomasi imzolashga kelishib olindi.

Foto: O‘zagrosug‘urta

«O‘zagrosug‘urta» AJ vakillari xalqaro yig‘ilish chog‘ida butun jahon qayta sug‘urta markazi Lloyd’s bozorida yuqori o‘ringa ega bo‘lgan “Miller Insurance ServicesLLP hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Alohida ta’kidlanadigan tarafi, bozordagi mavjud holatga qarab kerakli sug‘urta mahsulotini ishlab chiqish amaliyoti katta tajribaga ega. Shu bilan birga, Lloyd’s bozorining Arch sindikatida birinchi o‘rinda turadigan broker hamda kompaniyada jami 890 ta broker, anderrayter va metodologlar faoliyat olib boradi. Shuni inobatga olib, qayta sug‘urtaning nafaqat chiqish balki, kirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish to‘g‘risida qizg‘in muzokaralar olib borildi.

Qayta sug‘urta sanoatida eng muhim voqelik — nufuzli yig‘ilish doirasida Lloyd’s bozori brokeri “Turker RE” vakillari bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda baxtsiz xodisalar va salomatlik, mulk, qurilish, kasbiy javobgarlik sug‘urtasi hamda fakultativ qayta sug‘urtalash yo‘nalishlarida tajribalar haqida so‘z bordi. Shu kuni Buyuk Britaniyaning “MNK Re Limited” kompaniyasi mas’ul xodimlari bilan mulk va baxtsiz xodisalar, hayot va sog‘liq, energiya va aviatsiya, dengizchilik, moliya institutlari, bank sug‘urtasi va maxsus kutilmagan vaziyatlarni o‘z ichiga olgan sug‘urta turlari qayta sug‘urtalashni tashkil qilish masalalarida ham muzokaralar olib borildi.

Xalqaro yig‘ilish yakunida, shuningdek Germaniyaning «Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish Leybnis instituti» bilan muzokalar olib borildi. Unda O‘zbekiston hududida fermerlarga paxta va boshoqli don ekini sug‘urtasini indeks orqali sug‘urtalash va tariflarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilinib, mazkur sohani rivojlantirish yuzasidan tomonlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 5 yillik memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida o‘zaro tajriba almashish amalga oshiriladi. Joriy va kelgusidagi qo‘shma tadbirlarning holati bo‘yicha doimiy aloqada bo‘lish va kelishuv shartlariga muvofiq aniq qo‘shma tadbirlarni davom ettirish hamda bunday faoliyat og‘zaki yoki boshqa aloqa vositalari orqali muvofiqlashtirishga kelishib olindi.

«O‘zagrosug‘urta» axborot xizmati

(Reklama huquqi asosida)

Mavzuga oid