Buxoroda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi ishdan ketdi
O‘qituvchi ishdan bo‘shashga ariza yozgan.
Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Buxoro shahridagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, o‘z pedagogik faoliyatini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun maktab o‘qituvchisi o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan.
«Ushbu holat Buxoro viloyatida favqulodda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning o‘zida viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev rahbarligida xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirokida Zoom orqali yig‘ilish o‘tkazilib, bu holat keng muhokama qilindi. O‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday xunuk holatlarning oldini olish borasida qat’iy topshiriqlar berildi», deyiladi xabarda.
Hozirda holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.
Bundan oldinroq Buxoro shahridagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilarni kaltaklagani va hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:55 / 28.12.2024
Buxoroda Hayrabot kanalida cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarib qolindi
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024