Jamiyat | 16:47 / 21.11.2022
25003
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda mahallaning qimorboz raisi ishdan olindi

Past Darg‘om tumanidagi Qozoq Nayman mahallasi raisi Ahror Arslonov internetda qimor o‘ynayotgani aks etgan suratlar tarqalishi ortidan lavozimidan ozod etilgan.

Samarqand viloyati Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, mahalla raisi bugun, 21 noyabr kuni ishdan olingan.

“Arslonov 2016 yildan beri Qozoq Nayman mahallasida raislik qilib kelgan. 2022 yilgi saylovlarda ham ushbu lavozimga uning o‘zi tasdiqlangan. Raisning qimor o‘ynayotgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, bu mahalla faollarining noroziligiga sabab bo‘lgan va ularning talab-xohishi bilan o‘zi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgan. Uning o‘rniga ushbu mahalladagi xotin-qizlar faoli vaqtincha rais vazifasiga tayinlangan”, - dedi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi axborot xizmati.

Ma’lumot uchun, Arslonov mahalla raisligiga saylangunga qadar Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ishlagan.

Mavzuga oid