Navoiyda kondagi portlashda ekskavator haydovchisi vafot etdi
Portlash kon massasini qazib olish jarayonida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
2022 yilning 26 noyabr kuni “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Sharqiy” konida kon massasini qazib olish jarayonida portlash yuz bergan. Bu haqda “NKMK” AJ va Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, konning portlatish ishlari olib borilgan hududida ruda toshlarni olish ishlari bilan shug‘ullanayotgan EKG-40 rusumli ekskavator kabinasiga tog‘ jinslari ko‘chmasi sachragan. Buning oqibatida kabinada bo‘lgan mashinist Sh.Sh. tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, ekskavatorda bo‘lgan mashinist yordamchisi T.M. tan-jarohati olgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekshirish harakatlari Zarafshon ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi viloyat prokuraturasi bayonotida.
“NKMK” AJ matbuot xizmati esa maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan portlash sabablari va baxtsiz hodisa tafsilotlari o‘rganilayotganligini ma’lum qildi.
Oldinroq “Markaziy Amantoy” konida harakatdagi BelAZ rusumli avtoag‘dargichida yong‘in kelib chiqqan va buning oqibatda avtoag‘dargich haydovchisi kuyish tan jarohati bilan kasalxonada vafot etgandi.
Mavzuga oid
17:38 / 24.12.2024
Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
16:56 / 22.12.2024
Farg‘onada portlash sodir bo‘lgan zapravka buzilmoqda - video
19:58 / 19.12.2024
“Bu shahar ichidagi, hamma qarshi bo‘lgan bomba edi” - Farg‘onadagi portlash haqida guvohlar nima deydi?
14:48 / 18.12.2024