O‘zbekiston | 14:24 / 06.12.2022
10231
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ikki bosh otni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida ikki bosh otni o‘g‘irlab ketgan shaxslar ushlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

Foto: IIBB

Yangihayot tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yil 28 noyabr kuni noma’lum shaxslar 18 yoshli F.G‘.ga tegishli jami 28 000 000 so‘mlik 2 ta otni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 34 yoshli Sh.X. va 22 yoshli X.S. aniqlanib, qo‘lga olingan. Otlar egasiga qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov davom etmoqda.

 

Mavzuga oid