O‘zbekiston | 10:43 / 07.12.2022
26324
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

U Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Alisher Otaxonovich Usmonov prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. O‘zA xabar berishicha, bu o‘zgarish uning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan amalga oshirilgan. 

Davlat boshqaruvi Telegram kanaliga ko‘ra, u Namangan viloyati sudi raisi etib tayinlandi.

Alisher Usmonov 1964 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, turli yillarda Kosonsoy tuman sudi raisi, Mingbuloq tumani prokurori va 2017 yildan Namangan viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2018 yildan buyon fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston prezident davlat maslahatchisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilning mayida prezident administratsiyasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tashkil Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmat etib qayta shakllantirilgandi.

Bundan oldinroq 2016 yildan buyon O‘zbekiston prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan Tursinxan Xudaybergenov prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid