Navoiyda 454 kishini chuv tushirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jinoiy guruh a’zolarining 2 nafari 16 yoshli bola. Ular odamlarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan.
Navoiyda Telegram’da yolg‘on xabarlarni tarqatish orqali ko‘plab fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro N.M. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida noma’lum shaxs feyk xabar orqali uning bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritgan holda 2 mln 780 ming so‘m pulini yechib olganligini, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jinoyatni Xatirchi tumanida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan 16 yoshli A.A. va uning 2001 yilda tug‘ilgan akasi A.Sh. hamda Buxoro viloyatining Kogon tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan N.B. va uning 16 yoshli o‘g‘li B.D. sodir etganligi aniqlangan.
Jinoiy guruh soxta havolalardan foydalanib, Telegram messenjeridagi guruh va kanallarda yolg‘on xabarlarni tarqatgan va 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirgan.
Jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024