O‘zbekiston | 09:42 / 15.12.2022
7306
3 daqiqa o‘qiladi

Issiqlik ta’minoti uchun tarifni shakllantirish tartibi e’lon qilindi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Issiqlik ta’minoti xizmati uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha maqsadi – narxlarni tashkillashtirish davlat siyosatini o‘tkazish, tartibga solinadigan narxlarni balanslanganini va uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash, bunda issiqlik ta’minoti xizmatlarini yetkazib beruvchilari va iste’molchilari manfaatlari balansiga erishish.

Loyiha qarori issiqlik energiyasi narxlari (tariflari) darajasini yagona uslubini va hisob-kitob tartibini qabul qilishni taxmin qiladi.

Qaror loyihasi beshta bobni o‘z ichiga oladi:

«Umumiy qoidalar» asosiy tushunchalarni, qo‘llash sohasini, issiqlik energiyasi (quvvati) narxlari (tariflari)ni hisob-kitob prinsiplarini va shakllantirish tartibini ta’riflaydi;

«Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish» issiqlik xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish tartibini va tariflarni aniqlash hisob-kitobini o‘z ichiga oladi;

«Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni hisob-kitob qilish» issiqlik ta’minoti korxonalari hisob-kitob qilish vaqtida qo‘llashi lozim bo‘lgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni hisob-kitob qilish formulasi ta’rifini o‘z ichiga olgan;

«Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash» deklaratsiya tartibini va issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan; 

«Yakunlovchi qoidalar» tartibga solingan narxlarni to‘g‘ri shakllantirish va qo‘llanishini nazorat qiluvchi organni aniqlaydi.

Nizomga muvofiq, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda iste’molchilar uchun tariflarni shakllantirish jarayoni ishtirokchilarini vazifa va majburiyatlari aniqlab berilgan, ko‘rsatiladigan xizmatlar tannarxini to‘liq qoplash nazarda tutiladi, issiqlik ta’minoti tashkilotlarini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish xarajatlari hisobga olinadi.

Mavzuga oid