O‘zbekiston | 18:55 / 27.12.2022
8653
7 daqiqa o‘qiladi

“Qishloq qurilish bank”: yutuqlarimiz asosi – ishonch!

Foto: Qishloq qurilish bank

Respublikamizdagi yetakchi moliya muassasalaridan biri Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” 2022 yilni yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan yakunlamoqda.

Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar asos bo‘lmoqda. Xususan, bank xizmatlari sifati yaxshilanib, ko‘lam va qamrovi kengaymoqda. Pirovard natijada bankning ommabopligi oshmoqda. 

 Hozirda respublikamiz hududlarida “Qishloq qurilish bank”ning jami 103 ta bank xizmati ofislari va bank xizmati markazlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ular orqali 700 mingdan ortiq mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 

Hozirga kelib bankning sof aktivlari yil boshiga nisbatan 18,3 foizga oshib, 24 trln 500 mlrd so‘mga yetdi.

Bankning umumiy kapitali 2 trln 912 mlrd so‘mni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 216 mlrd so‘mga ortgan.

Bank depozitlari miqdori 8 trln 471 mlrd so‘mni jumladan, qisqa muddatli 1 trln 63 mlrd so‘mni, uzoq muddatli 7 trln 408 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bunda uzoq muddatli depozitlar yil boshiga nisbatan 2 trln 94 mlrd so‘mga, ya’ni 39,4 foizga oshgan.

Bankning 2022 yil yakuni bo‘yicha kredit qo‘yilmalari 20 trln 221 mlrd so‘mni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 2 trln 465 mlrd so‘mga yoki yil boshidagi kredit qo‘yilmasiga nisbatan 14,1 foizga o‘sgan.

Bankni transformatsiya qilish maqsadida, xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilingan holda, rivojlanish strategiyasi yangilandi. Bugungi kunga qadar bankning Chakana, Korporativ, Operatsion bloklari va Risk, G‘aznachilik, Moliya, IT yo‘nalishlari hamda tashkil etilgan Loyiha ofisi faoliyatlari xalqaro ekspertlar ko‘magida transformatsiya qilindi.

Ushbu jarayonda asosan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, mijozga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish, xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish asosiy maqsad qilib olindi.

Natijada mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqti 30 foizga qisqartirildi.

Bankning kredit portfelini tarmoqlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, sanoat sohasiga 2 trln 400 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligiga 982 mlrd so‘m, qurilish sohasiga 1 trln 595 mlrd so‘m, savdo va umumiy xizmatga – 1 trln 872 mlrd so‘m, transport va kommunikatsiya sohasiga – 425 mlrd so‘m, uy-joy kommunal xizmatlariga 92 mlrd so‘m, boshqa sohalarga 2 trln 410 mlrd so‘m, jismoniy shaxslarga 11 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan.

2022 yil davomida jami 7 trln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, yuridik shaxslarga 4 trln 350 mlrd so‘m, jismoniy shaxslarga 2 trln 620 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Yil davomida davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari bayonlari va hududiy dasturlarga kiritilgan jami 6 trln 585 mlrd so‘mlik 882 ta (bank krediti 3 trln 494 mlrd so‘m) loyihalardan 610 tasiga 1 trln 850 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi va 569 ta loyiha ishga tushirilib, 8 966 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

2022 yil mobaynida:

• Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokidagi “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi doirasida 12,9 mln yevro;

• Yevropa investitsiya banki ishtirokidagi “O‘zbekistonda global koronavirus pandemiyasi davrida zarar ko‘rgan tadbirkorlik sub’yektlarini favqulodda qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 35 mln AQSh dollari;

• Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish 2-faza” loyihasi doirasida 30 mln AQSh dollari;

• Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jalik tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida qo‘shimcha 10 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Ushbu jalb qilingan mablag‘lar va bankning barcha boshqa manbalari hisobidan joriy yil davomida jami 164 mln 400 ming AQSh dollari miqdoridagi 299 ta loyiha moliyalashtirildi.

Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan respublikamizda oziq-ovqat zaxirasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish loyihalariga kreditlar ajratildi, jumladan issiqxona xo‘jaliklari barpo etish uchun 6,1 mln AQSh dollari miqdoridagi 10 ta loyiha, muzlatkichli omborxonalar barpo etish uchun 7,5 mln AQSh dollari miqdoridagi 11 ta loyiha, bog‘dorchilik, ya’ni bog‘lar barpo etish uchun 1,7 mln AQSh dollari miqdoridagi 6 ta loyiha, chorvachilikni rivojlantirish uchun 4,3 mln AQSh dollari miqdoridagi 25 ta loyiha moliyalashtirildi.

Bundan tashqari eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 106 ta eksportyor korxonaga 110 mln AQSh dollari, jumladan, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 35 ta eksportyor korxonaga 13,9 mln AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, joriy yilda ushbu korxonalar tomonidan 153 mln AQSh dollari miqdorida eksport tushumi amalga oshirildi.

ATB “Qishloq qurilish bank” hududlarda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etayotgan pudrat korxonalarini moliyalashtirishda ham bevosita ishtirok etib kelmoqda.

Jumladan, o‘tgan davrda 634 ta ko‘p qavatli uy-joylarning (23 152 ta xonadondan iborat) qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun bank tomonidan pudratchilarga 1 trln 776 mlrd 300 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-33-son Farmoniga muvofiq 2022 yilda bank tomonidan 2022 yilning o‘tgan davrida 10 401 nafar fuqarolarga 2 trln 200 mlrd so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.

Farmonga muvofiq yangi tartib doirasida respublika tijorat banklari tomonidan 2022 yilning 11 oyida jami ajratilgan ipoteka kreditlarining 1 trln 800 mlrd so‘mi yoki 23,7 foizi ATB “Qishloq qurilish bank” hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bank kelgusida ham mijozlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatib, aholi farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishga intiladi.

Bank axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid