O‘zbekiston | 08:17 / 02.01.2023
9925
2 daqiqa o‘qiladi
Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasi e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasi e’lon qilindi.
Aholi sog‘lig‘ini kodeksi loyihasi umumiy va maxsus qismlarda jami 200 moddada bayon etilmoqda.
Umumiy qism 5 ta bobdan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- asosiy qoidalar;
- sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi;
- O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi va uni moliyalashtirish;
- raqamli sog‘liqni saqlash;
- sog‘liqni saqlash sohasi sub’yektlarining huquq va majburiyatlari.
Maxsus qism quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olgan 16 ta bobdan iborat:
- jamoat salomatligi muhofazasini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari;
- yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi;
- tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy qoidalari;
- idoraviy tibbiyot;
- sog‘liqni saqlash sohasidagi alohida munosabatlarni tartibga solish;
- asosiy yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarda tibbiy yordam ko‘rsatish;
- aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash;
- donorlik va transplantatsiya;
- farmatsevtik faoliyat, dori vositalari va tibbiy buyumlarning muomalasi;
- sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat;
- sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar siyosati;
- tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maqomi;
- yakunlovchi qoidalar.
Shuningdek, kodeks kuchga kirishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan O‘zbekiston qonun hujjatlari ro‘yxati belgilanmoqda.
Mavzuga oid
13:05 / 27.12.2023
Iqtisodiy protsessual kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi
07:26 / 27.12.2023
Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
18:22 / 24.01.2023
JSST bolalarni zararli dorilardan himoya qilishga chaqirdi
22:57 / 20.01.2023