Jahon | 15:32 / 04.01.2023
13056
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda koviddan o‘lim holatlari tufayli krematoriylar to‘lib ketdi

Xitoy ayni damda yirik koronavirus epidemiyasini boshdan kechirmoqda. Mamlakatdagi krematoriyalar to‘lib ketgan, odamlar o‘lgan qarindoshlarining jasadlarini yoqish uchun yashirin biznesga ortiqcha pul to‘lashga majbur bo‘lyapti. 

Foto: BT

Xitoyda koronavirusning hozirgi gigant to‘lqini fonida o‘lim holatlari keskin oshgani sababli butun mamlakat bo‘ylab krematoriyalar to‘lib ketdi, mamlakatda dafn etish sanoati falaj holatida, deb xabar berdi Bloomberg 4 yanvar, chorshanba kuni vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib. «Yirik shaharlardagi dafn marosim uylari to‘la, ba’zi ekspertlar eng yomoni hali oldinda deb ogohlantirmoqda», deyiladi materialda.

Pekindagi dafn marosimi uylaridan birining xabar berishicha, har kuni taxminan 140-150 jasad kuydiriladi, bu avvalgisidan 40 taga ko‘p. Ayni paytda, Longxuadagi (Shenchjyen tumani) krematoriylardan birida har kuni 500 ga yaqin jasad yondirilishini aytishdi - bu ko‘rsatkich o‘rtacha ko‘rsatkichdan besh baravar yuqori. Pekin va Shanxaydagi krematoriy ishchilarining aytishicha, eng yaqin bepul krematsiya joyini faqat yanvar oyining o‘rtalarida bron qilish mumkin. Ba’zi dafn marosimi tashkilotlari onlayn navbat tizimiga o‘tdi. 

Vloomberg agentligining qayd etishicha, Xitoyda jasadlarni kuydirish bo‘yicha maxfiy biznes rivojlangan. Agar ilgari krematsiya bir necha ming yuanga tushgan bo‘lsa, yanvar oyida ba’zi krematoriyalar o‘n minglab yuanlarni talab qila boshladi. Shunday qilib, uch kun davomida krematsiya qilish 68 000 yuanga, o‘lim kuni esa 88 000 yuan to‘lash kerak.

Xitoyda koronavirus infeksiyasining keskin o‘sishi dekabr oyi boshidan beri to‘xtamayapti. Bu mamlakat lokdaunlarga qarshi norozilik namoyishlari tufayli karantin choralarini yumshatishga qaror qilganidan ko‘p o‘tmay boshlandi. Xitoy hukumati COVID-19 haqidagi kundalik ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda har kuni millionlab odamlar kovid bilan kasallanyapti.

Britaniyaning Airfinity tahliliy kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, dekabr oyi oxirida Xitoyda kuniga 9000 ga yaqin odam koronavirus infeksiyasidan vafot etgan. Airfinity prognozlariga qaraganda, o‘limlar 23 yanvar kuniga kelib bir kunda taxminan 25 ming kishini tashkil qiladi va dekabrdan boshlab koviddan o‘lganlarning umumiy soni 584 mingga yetadi.

Yevropa Ittifoqi Pekinga ommaviy epidemiyani bartaraf etishga yordam berish uchun bepul COVID-19 vaksinalarini taklif qildi. Xitoyda infeksiyalar soni ortib borayotgan bir paytda, o‘tgan hafta bir qator davlatlar, jumladan Italiya, AQSh, Yaponiya, Hindiston va Malayziya Xitoydan tashrif buyuruvchilar uchun majburiy testdan o‘tish jarayonini tasdiqladi. Germaniya hali buni yo‘lga qo‘ymadi. Yevropa Ittifoqi Xitoydan tashrif buyuruvchilarni majburiy testdan o‘tkazish uchun yagona talablarni joriy etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. 

Mavzuga oid