O‘zbekiston | 07:30 / 05.01.2023
6636
1 daqiqa o‘qiladi
Tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi
2022 yilning 11 oyida qaysi hududning tashqi savdo aylanmasi yuqori bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmida (AQSh dollari) Toshkent shahri birinchi o‘rinni egalladi — 17,6 mlrd dollar.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 5 mlrd dollar hamda 3,8 mlrd dollarni tashkil etgan Toshkent viloyati va Andijon viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Samarqand viloyati — 2,2 mlrd;
- Farg‘ona viloyati — 1,9 mlrd;
- Namangan viloyati — 1,2 mlrd;
- Buxoro viloyati — 1,1 mlrd;
- Navoiy viloyati — 1,1 mlrd;
- Xorazm viloyati — 732,8 mln;
- Sirdaryo viloyati — 732 mln;
- Jizzax viloyati — 628 mln;
- Qoraqalpog‘iston R. — 550,4 mln;
- Qashqadaryo viloyati — 499,5 mln;
- Surxondaryo viloyati — 344 mln.
Mavzuga oid
14:55
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024