Buxoroda zapravkalar 26 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi
Buxoro viloyatidagi gaz zapravkalarda 5 yanvar kuni tekshirish ishlari o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
«Dildora» MChJning Vobkent tumanidagi 2 ta, «Osiyo Buxoro gaz», «Norboyev Sherzod Yunusovich» va «Grant gaz servis» MChJlarning Buxoro shahridagi, «Real ximik» MChJning Buxoro tumanidagi jami 6 ta metan quyish shoxobchalari ko‘zdan kechirilgan.
O‘rganish davomida «Dildora» va «Osiyo Buxoro gaz» MChJlarga qarashli 3 ta shoxobchaga kelgan tabiiy gaz quvurlariga o‘rnatilgan «Avtopilot-Pro» rusumli gaz hisoblash uskunasidagi mavjud impuls trubkasi mahkamlanganda haqiqatan gaz diafragmasidan o‘tayotgan gaz hajmi sun’iy ravishda kamaytirilgan holda ko‘rsatilishiga erishilgani aniqlangan.
Natijada «Dildora» MChJga qarashli 2 ta shoxobcha tomonidan 11,1 milliard so‘mlik hamda «Osiyo Buxoro gaz» MChJga qarashli shoxobcha tomonidan 15,1 milliard so‘mlik, jami 26,2 milliard so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:55
Buxoroda Hayrabot kanalida cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarib qolindi
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024