O‘zbekiston | 19:17 / 15.01.2023
11506
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon shahri markaziy ko‘chalari qordan tozalanmayapti

Andijon viloyatida 11 yanvar kuni yog‘gan qor vaqtida tozalanmagani sababli yo‘llar sirpanchiq holatga kelib qolgan.

Andijon yo‘llaridagi muzlamalar yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘lmoqda. Andijon shahrining markaziy ko‘chasi hisoblangan Boburshoh ko‘chasi oyna kabi sirpanchiq holatga kelib qolgan. Mashinalar serqatnov bo‘lgan yo‘lda tirbandliklar ham yuzaga kelgan.

Andijon viloyatining boshqa hududlarida ham shu ahvol. Andijon-Asaka trassasi, Asaka-Shahrixon yo‘li, Asaka tumani ko‘chalari muzlagan holda qolmoqda.

Tozalangan joylarda ham yo‘lda faqat bir avtomobil harakatlana oladi. Qor kuralmagan qismlarga qum-tuz aralashmalari sepilmagan.

15 yanvar kuniga kelib yo‘llarda quyosh chiqishi evaziga muzlar biroz erigan. Biroq tunda sovuq tufayli yo‘llar yana oldingi holiga qaytadi.

Mavzuga oid