O‘zbekiston | 08:30 / 16.01.2023
16542
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax va Navoiydagi ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til uzaytirildi

18 yanvardan Navoiydagi aksariyat, Jizzaxdagi barcha ta’lim muassasalarida darslar boshlanadi.

Foto: Kun.uz

Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, hududdagi 350 ta maktabda qishki ta’til uzaytirilgan, o‘quvchilar 18 yanvardan darslarga chiqishi mumkin.

Ota-onalarning istak-xohishlari hamda ob-havoning stabillashuvi hisobga olinib, Zarafshon shahridagi 13 ta maktabda o‘qish jarayoni 16 yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.

Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasining Kun.uz’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, bu viloyatdagi barcha ta’lim muassasalarida ham qishki ta’til kunlari uzaytirilgan bo‘lib, tahsil oluvchilar 18 yanvardan o‘qishga chiqishi mumkin.

Hozircha bu bo‘yicha viloyat hokimiyati rasmiy xabar bilan chiqqanicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin respublikadagi 11 ta hudud hokimliklari qaysi bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida darslar qachon boshlanishini e’lon qilgandi. Ammo Samarqanddagi holat hali aniq emas.

Mavzuga oid