O‘zbekiston | 09:57 / 17.01.2023
4377
2 daqiqa o‘qiladi
Davlat xizmatchilari mehnat shartnomasiga talablar belgilandi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Norma'ning yozishicha, hujjatga muvofiq:
- davlat xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida aks ettiriladigan 21 ta majburiy (davlat xizmati xususiyati, davlat xizmati bilan bog‘liq cheklovlar, ish rejimi xususiyatlari va boshqalar) va 9 ta qo‘shimcha (sinov muddati, ma’lumotlarni oshkor etmaslik talabi) shartlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda;
- davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi 3 yildan ortiq bo‘lmagan yoki nomuayyan muddatga yozma shaklda tuziladi;
- davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi.
Mehnat shartnomasining mazmuniga:
- davlat fuqarolik xizmatchisining holatini davlat fuqarolik xizmati va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiradigan;
- kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;
- majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;
- davlat fuqarolik xizmatchisini qonunga xilof harakatlarni yoki ham davlat fuqarolik xizmatchisining, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilgan bo‘lsa, ular haqiqiy bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
13:32 / 19.12.2024
Toshkent shahar Yoshlar ishlari boshqarmasi mavjud bo‘lmagan korxona bilan shartnoma tuzgan
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
07:31 / 14.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni asrashga doir shartnoma tasdiqlandi
14:25 / 24.01.2024