Jamiyat | 20:02 / 24.01.2023
33066
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda ko‘pkari sovriniga tirik bo‘ri qo‘ymoqchi bo‘lishgani aniqlandi

Aholi xonadonida saqlangan jonivor yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. 

Foto: Tabiat resurslari vazirligi

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashovchi fuqaro Sh.R. tirik bo‘rini ko‘pkari musobaqasida sovrin tariqasida qo‘ymoqchi bo‘lgan. Shunday xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, Sirdaryo va Jizzax viloyati Ekologiya hamda Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.  

Natijada bo‘ri Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi fuqaro K.G‘. uyida noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan. 

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi, 1-bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, ya’ni 3 mln so‘m miqdorida jarima belgilangan. 

Davlat inspektorlari tomonidan bo‘rining holati ko‘zdan kechirilganda, sog‘lom ekani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng jonivor tabiat bag‘riga qo‘yib yuborilgan. 

Mavzuga oid