Iqtisodiyot | 11:40 / 26.01.2023
2055
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi

2022 yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublika tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 mln AQSh dollarini tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 7 837,9 mln AQSh dollariga yoki 18,6 foizga ko‘paydi.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi jahonning 204 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. 

Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiya (18,6 foiz), Xitoy (17,8 foiz), Qozog‘iston (9,2 foiz), Turkiya (6,4 foiz), Koreya (4,7 foiz), Qirg‘iziston (2,5 foiz) va Germaniya (2,3 foiz) bilan qayd etilgan.

2022 yilda hududlar kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent shahri egalladi — 19,5 mlrd AQSh dollari.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi hajmi mos ravishda 5,6 mlrd dollar hamda 4,3 mlrd dollarni tashkil etgan Toshkent viloyati va Andijon viloyati joy oldi.

Mavzuga oid