Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylangan 2169 erkak hibsga olindi
Politsiya erta nikohlarga qarshi kurash doirasida reyd o‘tkazgan.
Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida politsiya xodimlari erta nikohga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan reydda 2169 erkakni hibsga oldi. Bu haqda NDTV telekanali ma’lumotlariga tayanib «Kommersant’» xabar berdi.
Mahalliy politsiya boshlig‘i Gyanendra Pratap Singx ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar politsiya tomonidan ochilgan 4074 ta ish bo‘yicha hibsga olingan.
Ko‘rsatuvda qo‘lida yosh bolalari bo‘lgan ayollar ham namoyish etilgan. Ular erining hibsga olinishiga qarshi chiqqan. «Biz birga yashayotgandik, zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan bo‘lsak ham, baxtiyor edik. Erim hibsga olingandan keyin kim bizni ta’minlaydi?» deydi ayollardan biri.
1978 yilda Hindiston qonunchiligiga erkaklar 21 yoshda, ayollar esa 18 yoshda turmush qurishga ruxsat beruvchi o‘zgartirish kiritildi. Ushbu cheklovlar bugungi kunda ham amalda. Biroq, Hindistonda daromad pastligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan turmush qurish asosan qishloq aholisi orasida keng tarqalgan.
2021 yil dekabr oyida Hindiston parlamentiga erkaklar va ayollar uchun nikohning eng kam yoshini 21 yoshga tenglashtirish haqidagi qonun loyihasi taqdim etilgan edi. Biroq, hujjat hali tasdiqlanmadi.
Mavzuga oid
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024