Sherzod Xo‘jayevning yangi lavozimi ma’lum bo‘ldi
Energetika vazirining sobiq o‘rinbosari vazirlikda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
16 fevral kuni Xitoy kompaniyasi bilan O‘zbekistonda umumiy quvvati 2000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha memorandum imzolash marosimida energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev ham ishtirok etdi.
Kun.uz'ga ma’lum bo‘lishicha, Sherzod Xo‘jayev hozirda Energetika vazirligida qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha loyiha ofisi direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Manbamizga ko‘ra, bu lavozim darajasiga ko‘ra boshqarma boshlig‘iga teng.
Eslatib o‘tamiz, Sherzod Xo‘jayev 16 yanvar kuni, energetika inqirozi fonida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi Farhod Abdurahmonov bilan bir qatorda ishdan olingan edi.
Sherzod Xo‘jayev Senat majlislarida va matbuot anjumanlarida qatnashib, shuningdek OAVga intervyular bergan holda tanqidiy savollarga javob berib borayotgan, hukumatda energetika islohoti tarafdorlaridan biri sifatida ko‘rilgan edi.
Mavzuga oid
09:35 / 10.12.2024
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:04 / 02.12.2024
Bloomberg: Britaniya shamol elektr stansiyalari ishlamasligi uchun milliardlab pul sarflamoqda
15:14 / 02.12.2024