O‘zbekiston | 11:03 / 28.02.2023
8345
2 daqiqa o‘qiladi

«Navoiyazot» zavodini xususiylashtirishga tayyorgarlik boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, «Navoiyazot» AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqish uchun yetakchi konsultant jalb qilish bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Navoiyazot

Aksiyadorlik jamiyatining davlat va «O‘zkimyosanoat» davlat xoldingiga tegishli ustav kapitalidagi ulushlarini sotuvga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Butun kompaniyani xususiylashtirish ham, alohida mustaqil bo‘linmalar, ishlab chiqarish zanjirlari, infratuzilma va xizmatlarni sotish ham ko‘rib chiqilmoqda.

Konsultant aktivning moliyaviy, soliq va huquqiy tekshiruvini o‘tkazishi kutilmoqda. Shuningdek, u investorlarning kompaniya va uning qismlariga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishi va to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib, zavodni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqishi kerak. Amalga oshirish muddati - 6-8 oy.

«Navoiyazot» AJ tabiiy gazni qayta ishlash hamda mineral o‘g‘itlar, oltin qazib oluvchilar uchun kimyoviy reagentlar va kam tonnali kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning kimyo sohasidagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.

«Navoiyazot» AJ O‘zbekiston kimyoviy mahsulotlarining 30 foizdan ortig‘ini ishlab chiqarib, “O‘zkimyosanoat” aksionerlik aktivining baza segmentlaridan biri hisoblanadi hamda sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, yoqilg‘i-energetika majmui, shuningdek xizmat sohasi, fan va ta’limning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan.

Mavzuga oid