Iqtisodiyot | 17:51 / 02.03.2023
37221
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi

Markaziy Bank o‘z oltin zaxirasini 11,5 tonnaga qisqartirdi.

Foto: AP

World Gold Council (WGC) dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, jahon markaziy banklari 2023 yil yanvar oyida oltin-valuta zaxirasiga 30,8 tonna oltin sotib olgan. Bu haqda Interfax xabar berdi.

Eng yirik xaridor Turkiya bo‘lib, zaxiralarini 23,3 tonnaga oshirgan. Xitoy 14,9 tonna, Qozog‘iston 3,9 tonna sotib olgan. Yevropa Markaziy banki oltin zaxiralari 1,9 tonnaga oshgani haqida xabar berdi, biroq bu Xorvatiyaning yevrohududga rasman a’zo bo‘lgani bilan bog‘liq.

Yanvar oyida markaziy banklar orasida oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi, u o‘z zaxiralarini 11,5 tonnaga qisqartirdi.

Mavzuga oid