O‘zbekiston | 18:28 / 07.03.2023
19433
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin zaxirasiga AQSh ega.

Foto: Akio Kon / Bloomberg

World Gold Council (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega davlat hisoblanadi.

2022 yil noyabr holatiga O‘zbekistonning oltin zaxirasi 397,2 tonnaga teng. Qozog‘iston biroz orqada – 380,4 tonna. Keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston (16,4 tonna) va Tojikiston (5,7 tonna) egallab turibdi. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin zaxirasiga ega davlat AQSh bo‘lib, uning miqdori 8133,5 tonnaga teng. Bu O‘zbekiston zaxirasidan 20 barobar ko‘p.

Keyingi o‘rinlarni Germaniya (3355,1 tonna) va Italiya (2451,8 tonna) egallab turibdi.

Qayd qilish joizki, dunyo mamlakatlarining oltin zaxirasi vaqt o‘tishi bilan ko‘payib yoki kamayib turadi.

Mavzuga oid