O‘zbekiston | 10:04 / 11.03.2023
5506
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy sud ekspertlarining kasb etikasi qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirining buyrug‘i bilan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining kasb etikasi qoidalari tasdiqlandi.

Kasb etikasi qoidalarining maqsadi – nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida sud-ekspertlik faoliyatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olish.

Qoidalar quyidagilarni belgilaydi: kasb etikasiga oid asosiy prinsiplar; sud ekspertlarining kasb etikasiga qo‘yiladigan talablar.
 
Quyidagilar sud ekspertlari faoliyatining asosiy prinsiplari hisoblanadi: sud ekspertining mustaqilligi; sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda qonuniylikka rioya qilish; sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish; tadqiqotlarning xolisligi va to‘liqligi.
 
Sud ekspertiga qo‘yiladigan asosiy talablar: xizmat vazifalarini vijdonan va yuqori professional darajada bajarish; mehnat intizomi, kasb etikasi va ish yuritish qoidalariga qat’iy rioya qilish, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanish; sud-tibbiy ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur uskuna va materiallardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishni ta’minlash; xizmat mavqeyidan foydalanmaslik; o‘z faoliyatida korrupsiyaviy holatlar vujudga kelishining oldini olish va boshqalar.

Mavzuga oid