Qozog‘istonda buzilgan avtobusdan 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi
Aqto‘be viloyatidagi trassada nosozlik tufayli avtobus to‘xtab qoldi. Qozog‘iston qutqaruv guruhi 63 nafar O‘zbekiston fuqarosini evakuatsiya qildi.
12 mart kuni Aqto‘be viloyatida Aytekebi tumanidagi Qorabutoq – Qustanay avtomobil yo‘lining 144-uchastkasida avtobus texnik nosozlik tufayli to‘xtab qoldi.
Chaqiruv joyiga bir guruh qutqaruvchilar va texnikalar jo‘natildi. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 63 nafar O‘zbekiston fuqarosi Aytekebi tumanidagi maktabga joylashtirildi, deb xabar qildi Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Aqto‘be viloyatida yo‘l harakati cheklanishi sababli 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilingan edi.
Mavzuga oid
17:57 / 23.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
21:02 / 26.11.2024