Jahon | 07:51 / 22.03.2023
14055
2 daqiqa o‘qiladi

PeN-klub eng xavfli davlat nomini e’lon qildi

PeN-klub xalqaro tashkiloti 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi. Yozuvchilar, shoirlar va publitsistlarga yuzdan ortiq hujumlar uyushtirildi.

Foto: AFP / Foto: AFP

2022 yilda yozuvchi, shoir va jurnalistlarga qarshi 115 ta hujum qayd etilgan, deya xabar beradi Germaniyaning Darmshtadtdagi PEN- markaz 21 mart, seshanba kuni bosh tashkilot ma’lumotlariga tayanib. «Ukraina va Eron kabi qaynoq nuqtalardagi vaziyatni hisobga olsak, yozuvchilar va jurnalistlar butun dunyoda: Bahrayn, Misr, Xitoy yoki Zimbabveda duch kelayotgan repressiyalarni ko‘zdan kechirish oson edi», - deyiladi xalqaro inson huquqlari nohukumat tashkiloti bayonotida.

Belarusda, PEN-klub qayd etishicha, yozuvchi va Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyatskiy yaqinda «faqat inson huquqlari tashkilotini tashkil etgani uchun» 10 yilga qamalgan. Turkiyada xayriyachi, madaniy loyihalar tashabbuskori, noshir Usmon Kavala, shuningdek, siyosatchi va yozuvchi Salohiddin Demirtosh Yevropa inson huquqlari sudining ozod qilish talabiga qaramay, panjara ortida qolmoqda.

Meksika faol urush zonalaridan tashqarida jurnalistlar uchun dunyodagi eng xavfli davlat bo‘lib, 2022 yilda u yerda 13 jurnalist halok bo‘lgan. Ukrainada urush 15 jurnalistning hayotiga zomin bo‘ldi, deya xabar beradi PEN-klub Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ)ga tayanib.

Yozuvchilar, jurnalistlar va shoirlarga qarshi hujumlarning aksariyati Amerika qit’asida, undan keyin Yevropa va Markaziy Osiyoda, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari va Afrikada sodir etilgan.

Mavzuga oid