O‘zbekiston | 09:24 / 29.03.2023
6667
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning 3 tumanidagi ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Ta’mirlash ishlari sababli Yangihayot, Sergeli va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Kun.uz

Yangihayot tumani Sattorova ko‘chasi va Sputnik 4-mavzesi, Indeks bozori yonidagi gaz quvurlariga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. 

Shu sababli bugun, 29 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar:

Yangihayot tumani: «Ibrat», «Olchazor», «Navqiron», «Al-Farg‘oniy», «Do‘stlik», «Iqbol», «Yo‘ldosh», «Toshkent», «Fayzli», «Chortoq» MFYdagi 3491 ta uy xo‘jaligida va ko‘p qavatli uylardagi jami 4437 ta aholi xonadonida hamda MFY hududida joylashgan 234 ta ulgurji iste’molchida;

Sergeli tumani: «Nilufar», «Iltifot», «Sofdil» MFY hududidagi 288 ta uy xo‘jaligida va ko‘p qavatli uylardagi jami 2718 ta aholi xonadonida hamda MFY hududida joylashgan 36 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yunusobod tumani «Tiklanish» MFY hududidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun, 29 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Yunusobod tumanining «Tiklanish» MFYdagi 400 ta uy xo‘jaligida hamda mazkur mahalladagi 10 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Mavzuga oid