O‘zbekiston | 20:35 / 05.04.2023
17440
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoni «Makro»dagi narx-navoga ijobiy ta’sir qildi

Supermarketlar tarmog‘ida ommabop tovarlar narxi pasaydi. 

Foto: Getty Images

«Makro» supermarketlar tarmog‘i #InsonQadriUchun aksiyasiga qo‘shilib, import qilingan yuzlab tovarlar narxini pasaytirishi haqida e’lon qildi. 

Bunday ijobiy yangiliklar prezident Shavkat Mirziyoyevning import bojxona bojining nol stavkalari belgilash bo‘yicha tashabbusi tufayli amalga oshishi mumkin bo‘ldi. 

23 mart kuni «Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni e’lon qilindi. 

Mazkur hujjatga binoan bir vaqtning o‘zida 36 tovar guruhiga nisbatan - bu esa mingdan ortiq nomdagi mahsulotlar demakdir - bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu tovarlar ancha arzonlashadi. 

Un, sut mahsulotlari, baliq, sariyog‘, banan, qahva, choy, o‘simlik yog‘i, xamirturush va ko‘pgina boshqa ommabop import tovarlari ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan. 

«Supermarketlarimizda narxlarni pasaytirish masalasi ustida ishlashga jiddiy yondashib, auditni o‘tkazdik va xatto narx ko‘rsatkichlarni o‘zgartirdik. Makro do‘konlariga kirib, xaridorlar ayni paytda narx ko‘rsatkichlari maxsus tarzda pasaytirilgan ko‘pgina tovarlarni ko‘rishi mumkin. Javonlarda qo‘yilgan mahsulotlar xilma-xilligida osonlikcha yo‘l topishlari uchun biz «Adolatli narxlar» deb nomlangan maxsus katalogini chop etdik. Unda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanganligi tufayli arzonlashgan barcha tovarlar to‘plangan. Ijobiy o‘zgarishlar va prezidentning tashabbusi tufayli xaridorlarimizga ya’ni butun O‘zbekiston aholisi va mamlakatimiz mehmonlariga kerakli bo‘lgan tovarlarni hamyonbop narxlarda taqdim etishimiz mumkin. Va bunday o‘zgarishlar endi-endi boshlanmoqda», deb Makro supermarketlar tarmog‘ining boshqaruvchi direktori Dmitriy Bova izoh berdi. 

«Adolatli narxlar» katalogidagi mahsulotlar ro‘yxatini bu yerda topish mumkin. 

Mavzuga oid