Jahon | 19:57 / 08.04.2023
3820
1 daqiqa o‘qiladi

Gurbanguli Berdimuhammedovning onasi vafot etdi 

O‘g‘ilobod-ejye 86 yoshida Ashxobodda qazo qildi. 

O‘g‘ilobod-ejye (markazda) Foto: Reuters

7 aprel kuni Turkmanistonning sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning onasi va amaldagi davlat rahbari Serdar Berdimuhammedovning buvisi O‘g‘ilobod-ejye 86 yoshida Ashxobodda vafot etdi. 

U 1937 yil 15 iyun kuni Go‘kdepa etrapining Boborop qishlog‘ida tug‘ilgan. Malikguli Berdimuhammedov bilan turmush qurib, 6 nafar farzandni tarbiyalagan. 2021 yilda Malikguli vafot etgach, beva qolgan edi. 

Prezident oilasida boshqa ayollar kabi, O‘g‘ilobod-ejye omma oldida kamdan-kam hollarda ko‘rinish berar edi. 

2018 yilda Gurbanguli Berdimuhammedov onasiga atab kitob yozgan.  

Mavzuga oid