Jamiyat | 12:30 / 11.04.2023
12740
2 daqiqa o‘qiladi

7 yoshdan 70 gachani birlashtirgan «Open budjet»

«Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida Namangan viloyatida ham g‘oliblar aniqlandi. Xususan, Norin tumani Uchtepa mahallasi hamda Uychi tumanining Bo‘ston mahallasi loyiha doirasida g‘oliblikka ega chiqqanlardan bo‘ldi.

Birlashib o‘zgan bo‘stonliklar

Uychi tumani Bo‘ston mahallasida uzoq yillar avval yotqizilgan asfalt vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib borgan va bugungi kunda o‘ta abgor holatga kelib qolgandi. Qish kunlari mahallaning ko‘chalari tizza barobar loy bo‘lib ketaveradigan darajada edi. Avvalroq mahalladagi tadbirkorlar ko‘chalarga shag‘al yotqizgan. Biroq ozroq vaqt o‘tgach u ham ish bermay, ko‘chalardagi chuqurlar ko‘payib, o‘ta notekis holatga kelib qolgan.

 «Tashabbusli budjet» loyihasining ilk bosqichi mahallaning 7 yoshdan 70 yoshgacha yosh-u qarisini birlashtirdi, natijada birlashgan bo‘stonliklar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Asfaltdan so‘ng chiroqqa

Norin tumanining Uchtepa mahallasi aholisi ikkinchi marta «Tashabbusli budjet» doirasida o‘z loyihaci bilan g‘olib bo‘ldi. Avvalgi yilda mahallani asfalt qilish bo‘yicha loyiha bilan g‘oliblikka erishilgan bo‘lsa, bu safar uchtepaliklar elektr tarmoqlarini zamonaviysiga almashtirish, quvvati kattaroq yangi transformator punkti o‘rnatish bo‘yicha g‘olib bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi «Tashabbusli budjet» loyihasining birinchi bosqichi doirasida Namangan viloyatining 779 mahallasi o‘z tashabbusli loyihalari bilan qatnashgan.

Mavzuga oid