Sinoptiklar o‘zbekistonliklarni issiq havo va kuchli shamol haqida ogohlantirdi
Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 13-14 aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati +30...+35 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida +37 darajagacha ko‘tariladi.
12-14 aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.
12-14 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 13-14 aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kuchli shamol vaqtida avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslik tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
17:11 / 16.12.2024
Termizda turar joy binosining suvog‘i shamol tufayli ko‘chib tushdi
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
10:50 / 02.10.2024
Toshkent shahrida havo ifloslanishi ortyapti. Ekologiya vazirligi izoh berdi
17:54 / 17.05.2024